O‘zbekiston | 16:09
1560
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Bokuda Haydar Aliyev va Ozarboyjon qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Davlat tashrifining ikkinchi kunida ozarboyjonlik qahramonlar yod etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga davlat tashrifining ikkinchi kunida Boku shahrida Ozarboyjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev mangu qo‘nim topgan Faxr xiyoboniga tashrif buyurdi.

Prezident Haydar Aliyev qabriga gul qo‘yib, Ozarboyjonning davlat va siyosat arbobi xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi.

Haydar Aliyev 1993-2003 yillarda Ozarboyjon prezidenti bo‘lgan. U amaldagi davlat rahbarining otasi. Uning davlat qurilishi va milliy suverenitetni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi Ozarboyjon tarixida alohida o‘rin tutadi.

O‘zbekistonda Haydar Aliyevni qardosh davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashga katta ahamiyat bergan davlat arbobi sifatida hurmat qilinadi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Boku shahridagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston yetakchisi G‘alaba kuniga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gul qo‘yib, Ozarboyjon vatanparvarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Ozarboyjon poytaxti markazida joylashgan ushbu zamonaviy yodgorlik majmuasi mamlakat ozodligi va hududiy yaxlitligi yo‘lida qurbon bo‘lgan milliy qahramonlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan.

Mavzuga oid