Jahon | 09:11
1696
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston va AQSh harbiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi

Tomonlar qo‘shma manyovrlar o‘tkazish va texnologiyalarni uzatish majburiyatini yana bir bor tasdiqladi.

Foto: picture alliance

Pokiston va AQSh harbiy-havo kuchlari harbiy tayyorgarlik, qo‘shma mashg‘ulotlar va texnologiyalarni uzatish sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi, deyiladi Pokiston Qurolli kuchlarining jamoatchilik bilan aloqalar xizmati (ISPR) bayonotida.

Xabarda ta’kidlanganidek, Pokiston harbiy havo kuchlari qo‘mondoni general Zair Ahmad Babar Sidhu rasmiy tashrif bilan AQShda bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida u AQShning bir qator yuqori martabali harbiy amaldorlari, jumladan, AQSh harbiy havo kuchlari boshlig‘i general Devid U. Olvin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Bayonotda tomonlar kadrlar tayyorlash, qo‘shma mashg‘ulotlar va texnologiyalar taqdim etilishi kabi sohalarda hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini tasdiqlagani hamda muntazam ravishda oliy darajadagi harbiy aloqalarni davom ettirishga kelishib olgani ta’kidlangan.

General Sidxuning tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi mudofaa munosabatlarida «strategik muhim burilish nuqtasi» sifatida baholandi.

Mavzuga oid