O‘zbekiston | 12:36 / 08.07.2025
2309
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi, hududlardagi ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar hal etilishi yuzasidan hisobot bilan tanishdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jizzaxda 1 million 300 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘lgani bilan atigi 40 foizida ekin ekilyapti. Bir gektarga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad ham boshqa viloyatlarga nisbatan kam. Aslida, yerdan samarali foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlari va chorva ozuqasini ko‘paytirish mumkin.

Davlat rahbarining tashabbusiga muvofiq, Jizzax viloyatida ham mutasaddilar, soha mutaxassislari va yetakchi tadbirkorlardan iborat “Islohotlar shtabi” tuzildi.

Yig‘ilishda mazkur shtab tomonidan tayyorlangan yangi loyihalar taqdimot qilindi. Prezident loyihalarning iqtisodiy asosi va bozor talabi bilan qiziqdi. Hokimlar va “Islohotlar shtabi” birgalikda ishlab, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va xizmat sohalarida “katta sakrash” qilishi kerakligi ta’kidlandi. Shunda Jizzax viloyati investitsiya, ish o‘rni, aholi daromadi va eksport eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylanadi.

Mavzuga oid