Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ertalab soat 6 da kimdir kelishini kutmagandim». Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi
Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni bu diskvalifikatsiya taqiqlangan dori vositalarini qabul qilgani uchun emas, balki joylashuv bo‘yicha qoidalarga rioya qilmagani uchun berilganini qayd etdi.

Foto: Instagram
Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashidov o‘zining Instagram sahifasi orqali nima sababdan ikki yilga diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi.
«Assalomu alaykum, aziz do‘stlar. Ko‘plaringiz eshitgan bo‘lsangiz kerak, men ikki yilga diskvalifikatsiya qilindim. Lekin men bir narsani aniq aytmoqchiman: bu diskvalifikatsiya taqiqlangan dori vositalarini qabul qilganim uchun emas, balki joylashuv bo‘yicha qoidalarga rioya qilmaganim uchun berildi.
Bu men uchun og‘ir, lekin saboqli bir tajriba bo‘ldi. Biz yanada kuchliroq qaytamiz, Alloh xohlasa. Menga ishongan va qo‘llab-quvvatlagan barchaga cheksiz minnatdorchilik bildiraman», — deb yozadi u.
Rashidovning so‘zlariga ko‘ra, har bir sportchi har kuni o‘zining joylashuvi, qayerda tunashi va qayerga uchishi bo‘yicha dasturni to‘ldirishi kerak.
«Mening holatimda ertalabki soat 06:00 kelishdi. Bu noyabr oyida sodir bo‘lgandi. Mening dasturimda kechki soat 21:00 ko‘rsatilgan bo‘lsada, ertalab soat 6 da kimdir kelishi mumkinligini umuman kutmagan edim. Hatto menga qo‘ng‘iroq ham qilishmadi, faqat SMS yuborishdi…», — deydi sportchi.
Shundan keyin Ulug‘bek Rashidovga mazkur holat qoidabuzarlik hisoblanishi va shu boisdan diskvalifikatsiya qilishini to‘g‘risida xat yuborilgan.
«Oxirgi marta 22 aprelda kelishib, mendan doping uchun namunalar olishdi. Ular toza ekanimga ishonch hosil qilishdi va shunday qarorni qabul qilishdi», — deydi ikki karra Olimpiada chempioni.
Xalqaro doping testdan o‘tkazish agentligiga (ITA) ko‘ra, 23 yoshli sportchi 12 oy ichida uch marta qayerda ekani haqida ma’lumot bermagan. Bunday xatti-harakatlar antidoping buzilishi sifatida tasniflanadi, chunki ular avvaldan e’lon qilinmagan musobaqadan tashqari testlar o‘tkazishga to‘sqinlik qiladi.
Diskvalifikatsiya muddati 2025 yil 13 maydan, ixtiyoriy ravishda vaqtinchalik to‘xtatib turish sanasidan boshlab belgilanadi va 2027 yil 12 maygacha davom etadi.
Mavzuga oid

11:00 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi

14:49 / 23.11.2023
O‘zbekiston o‘smirlari Angliyani JChdan chiqarib yubordi. Navbatda Fransiya

14:47 / 03.11.2023
Rasman: O‘zbekiston U20 jamoasi a’zosi OFK tomonidan 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

19:17 / 27.09.2023