Jahon | 21:17 / 11.07.2025
1918
2 daqiqa o‘qiladi

Gvatemala sohillarida 2,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi

Giyohvandlik moddalari San-Xose portida joylashgan Tinch okeani harbiy-dengiz bazasiga yetkazilgan. Mamlakat prezidenti buni tarixiy voqea deb atadi.

Foto: AP

Gvatemalada o‘tkazilgan maxsus operatsiya doirasida qiymati 35 million dollarni tashkil etadigan 2,5 tonna kokain ortilgan suvosti qayig‘i to‘xtatib qolindi. Shuningdek, kemada bo‘lgan uch nafar ekipaj a’zosi ham qo‘lga olindi, deb xabar beradi mamlakat prezidenti Bernardo Arevalo.

Qayd etilishicha, qayiq 8 iyulda ushlangan va mamlakat janubidagi San-Xose portida joylashgan Tinch okeani harbiy-dengiz bazasiga yetkazilgan.

Milliy madaniyat saroyidagi matbuot anjumani vaqtida Bernardo Arevalo operatsiyani tarixiy voqea deb atadi. Prensa Latina yangiliklar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu Gvatemalada joriy yilda musodara qilingan eng yirik giyohvand moddalar partiyasi hisoblanadi.

Rasmiy statistikasida keltirilishicha, 2024 yilda Gvatemala hujumati 18,2 tonna kokainni musodara qilgan. Markaziy Amerika xalqaro narkokartelning tranzit uzeli bo‘lib qolmoqda. Kontrabanda uchun ko‘pincha suvosti kemalaridan foydalanilmoqda. Ularning ayrimlari submarinalar kabi suv ostiga to‘liq cho‘kishga qodir, ammo aksariyati — suvga qisman sho‘ng‘ib harakatlanadi.

Mavzuga oid