Jahon | 23:05 / 11.07.2025
1846
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

Hozirda Isroil Mudofaa armiyasi HAMASning harbiy-dengiz kuchlariga qarshi harbiy operatsiyalar o‘tkazmoqda.

Foto: IDF

Isroil Mudofaa armiyasi (TSAHAL), Razvedka boshqarmasi, Milliy xavfsizlik agentligi va Janubiy qo‘mondonlik hamkorligida o‘tkazilgan operatsiya davomida HAMAS harbiy-dengiz kuchlarining olti nafar qo‘mondoni o‘ldirildi.

«Yo‘q qilingan terrorchilar «Temir qilichlar» urushi vaqtida Isroil fuqarolari va xavfsizlik kuchlariga qarshi dengizda terrorchilik aktlarini rejalashtirgan. Ularning bir qanchasi 7 oktyabr qirg‘ini rejalashtirishda ishtirok etgan», — deyiladi TSAHAL xabarida.

Qayd etilishicha, hozirda Isroil Mudofaa armiyasi HAMASning harbiy-dengiz kuchlariga qarshi harbiy operatsiyalar o‘tkazmoqda. Isroil armiyasi harbiy kemalar, qurol-yarog‘ omborlari va HAMAS aktivlariga bog‘liq boshqa «ko‘p sonli terrorchilik nishonlari»ni bloklamoqda.

1 iyul kuni Isroil Mudofaa armiyasi G‘azo sektoridagi harbiy operatsiyasini kengaytirgani va o‘nlab «terrochilar va yuzlab terrorchilik infratuzilmasi obektlari» yo‘q qilingani ma’lum bo‘lgandi. Harbiy-havo kuchlari bir sutkada anklavdagi 140 ta harbiy nishonga hujum qilgan.

Mavzuga oid