O‘zbekiston | 14:24
908
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy va O‘zbekiston konteyner tashuvlari bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi

Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida konteyner tashuvlariga ixtisoslashgan UTK International Logistics Co. Ltd qo‘shma korxonasi tashkil etildi. 

Foto: Transport vazirligi

Transport vazirligi xabar qilishicha, 10 iyulda Pekin shahrida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ va Xinjiang Union of Railway International Logistics Co. Ltd o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ushbu qo‘shma korxona tashkil etilishi munosabati bilan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yangi korxonaning Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi transport-logistika hamkorligini chuqurlashtirishdagi strategik ahamiyati alohida ta’kidlandi. Tomonlar mazkur kompaniya o‘zaro yuk tashuvlarini kengaytirishda muhim o‘rin egallashiga ishonch bildirdi.

UTK International Logistics Co. Ltd kompaniyasining ofisi Urumchi shahrida joylashib, korxonaning asosiy faoliyati yuklarni konsolidatsiya qilish, Xitoy tomonidan subsidiyalar jalb etish hamda Xitoy—Markaziy Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha multimodal tashuvlarni rivojlantirishdan iborat bo‘ladi.

Tashkiliy jarayonlar yakunlangach, kompaniya qisqa fursat ichida Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha birinchi konteyner poyezdlarini jo‘natishni boshlaydi.

Mavzuga oid