Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning 12 shahrida jazirama harorat tufayli 2,3 ming kishi vafot etdi
Britaniyalik olimlarning fikricha, iqlim o‘zgarishi Yevropaning yirik shaharlarida jaziramadan o‘lim holatlarini uchdan ikki qismga oshirgan. Yaqinda kuzatilgan g‘ayritabiiy jazirama to‘lqinining eng ko‘p qurbonlari Milan, Parij va Barselonada qayd etilgan.

Foto: REUTERS
So‘nggi issiq havo to‘lqini davomida Yevropaning 12 yirik shahrida me’yoridan yuqori bo‘lgan 2,3 ming o‘lim qayd etildi. Bu London Imperiya kolleji hamda London Gigiyena va tropik tibbiyot maktabi tadqiqotchilari tomonidan aniqlandi. Bryusseldagi Global strategik aloqa kengashi (GSCC) tomonidan chop etilgan tadqiqot mualliflariga ko‘ra, 23 iyundan 2 iyulgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 1500 ta o‘lim (taxminan 65 foiz) global iqlim o‘zgarishi tufayli haroratning oshishi bilan bog‘liq.
Birgina Milanda iyun oyi oxiri va iyul oyi boshidagi issiq kunlarda odatdagidan 499 kishi, Parijda 373 kishi va Barselonada 340 kishi ko‘proq vafot etgan. Olimlarning alohida shaharlar uchun namunaviy hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu 1212 o‘limning 838 tasi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Iqlimning antropogen o‘zgarishi bo‘lmaganida, ortiqcha o‘lim ma’lumotlari o‘rganilgan 12 ta shaharning 11 tasida havo harorati o‘tgan haftada 2-4 darajaga past bo‘lar edi, deydi tadqiqot mualliflari. Milan, Parij va Barselonadan tashqari, gap London, Rim, Madrid, Afina, Budapesht, Zagreb, Frankfurt-Mayn va Lissabon haqida ketyapti.
Issiq harorat bilan bog‘liq o‘limlarning katta qismi (88 foiz) qariyalar (65 yoshdan oshganlar) orasida. Biroq, yuqori harorat bilan bog‘liq o‘limlarning muhim qismi bo‘yicha ma’lumot aniqlashtirilmagan, deydi mutaxassislar.
Mavzuga oid

14:36 / 10.07.2025
Kansler Mers Germaniyaning NATOda yetakchi bo‘lishini xohlayapti

17:41 / 09.07.2025
Issiq havo Yevropada o‘lim holatlari sonini uch baravarga oshirdi

12:21 / 09.07.2025
2025 yilning iyuni G‘arbiy Yevropa tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi

14:20 / 08.07.2025