O‘zbekiston | 08:45 / 12.07.2025
756
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent–Shanhay o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonning Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent–Shanxay yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Foto: "Dunyo" AA

Mazkur yo‘nalish orqali O‘zbekiston va Xitoyning ikki yirik, strategik ahamiyatga ega shaharlari – Toshkent va Shanhay muntazam aviaqatnov bilan bog‘landi. Aviaqatnovlar haftasiga ikki marta – dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Toshkent va Shanhay o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovining yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ikki tomonlama investitsiyalarni rag‘batlantirish, turizm va madaniy almashinuv salohiyatini oshirish uchun yangi istiqbolli imkoniyatlarni yaratadi. 

Shu bilan birga, mazkur yo‘nalish logistika jarayonlarini soddalashtirib, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovar ayirboshlashni jadallashtirish, yuqori qiymatli va tez yetkazilishi zarur bo‘lgan yuklar aylanmasini faollashtirish imkonini beradi.

Yangi reys orqali O‘zbekiston fuqarolari uchun Xitoyning iqtisodiy markazi – Shanhayga tez va qulay sayohat qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shuningdek, xitoylik sayyohlar uchun O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy meros obidalarga safar qilish uchun qulay darvoza ochiladi. 

Mavzuga oid