Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda
AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari har ikki mamlakat mudofaa idoralari vakillari bilan uchrashuvlarda ulardan «o‘z rollarini aniq belgilab olishni qat’iy talab qilyapti».

Foto: AFP
Pentagon Tayvan uchun AQSh hamda Xitoy o‘rtasida urush chiqishi mumkinligi sabab Yaponiya va Avstraliya hukumatlaridan o‘z rollarini aniq belgilab olishni qat’iy talab qilmoqda, deb yozadi Financial Times. Nashrga ko‘ra, bu talablar ikki mamlakat rasmiylarini hayratga solgan.
AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari Elbrij Kolbi oxirgi oylarda Yaponiya va Avstraliya mudofaa idoralari vakillari bilan uchrashuvlarda ushbu mavzuni faol ko‘tarmoqda. AQSh vakili ittifoqchilaridan majburiyat talab qilyapti, shuningdek, ular bilan XXRning Tayvanga nisbatan tahdidi oshib borayotgani fonida mudofaa xarajatlarini oshirishni muhokama qilmoqda.
Yaponiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, «Tayvan bilan bog‘liq favqulodda vaziyat»ga oid gipotetik masalani» izohlash qiyin. Ular har qanday harakatlar «konstitutsiya, xalqaro huquq va milliy qonunchilikka asoslangan» bo‘lishini qo‘shimcha qilgan. Avstraliyaning AQShdagi elchixonasi izoh berishdan bosh tortgan.
Material e’lon qilinganidan so‘ng Kolbi X ijtimoiy tarmog‘iga Pentagon prezident Donald Trampning «tiyib turishni tiklash va kuch orqali tinchlikka erishish» siyosatini amalga oshirayotganini yozdi. Pentagon rasmiy vakili Shon Parnell ham bunga izoh berdi: «Biz urushga intilmayapmiz. Biz Qo‘shma Shtatlar hamda uning ittifoqchilari diplomatiya va tinchlikni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan harbiy kuchga ega bo‘lishini ta’minlash tarafdorimiz».
Mavzuga oid

21:54 / 15.07.2025
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi

07:47 / 15.07.2025
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi

17:44 / 09.07.2025
Tayvanda Xitoyning ehtimoliy hujumiga qarshi tarixdagi eng katta harbiy mashqlar boshlandi

21:52 / 04.07.2025