Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaga qarshi bojlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muzlatib qo‘ydi
Trampning Rossiya haqidagi bayonotlari fonida AQSh 500 foizlik tariflar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ilgari surishni to‘xtatdi. Agar prezident buni muzokaralarda bosim dastagi deb hisoblasa, Senat bu loyihaga qaytadi.

Jon Tyun Foto: Francis Chung/POLITICO
AQSh Senati respublikachi senator Lindsi Gremning Rossiya va uning savdo hamkorlariga nisbatan 500 foizlik bojlar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ilgari surishni to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar berdi Politico 14 iyul, dushanba oqshomida Kongressdagi respublikachilar yetakchisi Jon Tyun bayonotiga tayanib.
Bu qaror AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tartibga solish haqidagi bayonotlari fonida qabul qilindi. «Aftidan, hozirda prezident buning bir qismini mustaqil ravishda amalga oshirishga harakat qilmoqchi. Agar biror nuqtada u bu qonun loyihasini ilgari surish mantiqan to‘g‘ri keladi va uning muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlaydi, degan qarorga kelsa, unda biz aralashamiz. Biz tayyor turamiz», — dedi Tyun.
«Biz qo‘limizdan kelganicha Oq uy va, albatta, Vakillar palatasi bilan strategiyalarni muvofiqlashtirishga harakat qilamiz. Shuning uchun bir zumda harakat qilishga tayyor turamiz», deb qo‘shimcha qildi senator. Tyun avvalroq «juda kuchli signal» beradigan qonun loyihasini qabul qilish istagini bildirgan edi, chunki «yevropaliklar ham AQShdan yetakchilik kutmoqda». U Senat qonun loyihasini avgust oyidagi tanaffusgacha qabul qilishiga umid bildirgandi.
Trampning bayonotidan keyin qonun loyihasining AQSh Vakillar palatasida ilgari surilishi ham dargumon bo‘lib qoldi. Vakillar palatasi bu oy tanaffusdan oldin sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqadimi, degan savolga, Vakillar palatasidagi respublikachilar Stiv Skaliz: «Hozircha yo‘q», dedi. Shuningdek, u Trampning bir tomonlama harakatlari alohida sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini to‘liq almashtirishi mumkinligini ta’kidladi. «Agar kimdir Putinni muzokaralar stoliga olib kela olsa, bu prezident Trampdir», dedi u.
Mavzuga oid

21:23
Qurollanishning yangi davri boshlandi. Harbiy budjeti eng katta davlatlar qaysi?

19:18
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalarini cheklash taklif qilindi

18:43
Xitoy Trampning tahdidlaridan keyin Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga va’da berdi

15:27