Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Moskva-Siti"da VTB dronlar tahdidi tufayli masofaviy ishlashga o‘tdi
VTB banki o‘zining "Moskva-Siti"dagi markaziy ofisi xodimlarini Ukraina dronlarining hujumlari xavfi tufayli masofaviy ish formatiga o‘tkazishi haqida ma’lum qildi.

Foto: Mixail Tereshchenko/ TASS
11 iyul, juma kuni kechqurun VTB banki rahbariyati o‘zining «Moskva-Siti» biznes kvartalida "Zapad" minorasidagi markaziy ofisi xodimlari aksariyatini Ukraina dronlarining hujumlari xavfi tufayli masofaviy ish formatiga o‘tkazishi haqida xabar berdi. Bu haqda The Bell 14 iyul, dushanba kuni bankka yaqin ikki manbaga va "Siti"da ofisi bo‘lgan boshqa kompaniya xodimiga tayanib xabar berdi. O‘sha kuni jurnalist Kseniya Sobchak o‘zining Telegram-kanalida «Ostorojno Media» manbalariga tayangan holda bu haqda yozdi.
The Bell manbasiga ko‘ra, bank bo‘linmalariga ofisda xodimlarning 20 foizini qoldirishga ruxsat berilgan. Cheklovlar ikki haftaga joriy etildi. Kseniya Sobchak ham xuddi shunday muddat haqida yozgan. Biroq, u o‘z postida «masofadan ishlash yoz oxirigacha uzaytirilishi mumkinligini» inkor etmadi.
Sobchakning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi kompaniyalar «xavf unchalik jiddiy emas» degan qarorga kelgan va xodimlarga faqat tungi vaqtda ofislarga borishni taqiqlagan. Ofisi "Moskva-Siti"da joylashgan vazirliklardan biri, shuningdek, Ozon va "Sber"dagi The Bell manbalari hozircha hech qanday cheklovlar kiritilmaganini aytdi.
VTB matbuot xizmati The Bell so‘roviga javob bermadi.
Mavzuga oid

21:23
Qurollanishning yangi davri boshlandi. Harbiy budjeti eng katta davlatlar qaysi?

19:18
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalarini cheklash taklif qilindi

18:43
Xitoy Trampning tahdidlaridan keyin Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga va’da berdi

15:27