Jahon | 13:05 / 17.07.2025
1944
2 daqiqa o‘qiladi

Armaniston ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi

Armaniston allaqachon Shanhay hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi maqomiga ega. Endi u ushbu tashkilotning to‘liq a’zosi bo‘lishni xohlayapti.

Nikol PashinyaFoto: Alexis Sciard / Keystone Press Agency / Global Look Press

Armaniston Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi. «Ha, biz ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza berdik. Bu bizning muvozanat va muvozanatlashtirish siyosatimizga to‘g‘ri keladi», dedi bosh vazir Nikol Pashinyan Yerevanda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Uning eslatishicha, Armaniston allaqachon ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega. «Boshqacha aytganda, biz noldan paydo bo‘lganimiz, u yerda ovoz berish huquqiga ega bo‘lmaganimiz va birdan tashkilotga a’zo bo‘lishga qaror qilganimizdek emas», — dedi Pashinyan. Uning ta’kidlashicha, Armaniston rasmiylarining qarori «tashkilotda ro‘y berayotgan muhim va tarkibiy o‘zgarishlar» bilan ham bog‘liq, chunki ShHTda «kuzatuvchi yoki assotsiatsiyalangan a’zolik maqomini bekor qilish masalasi» muhokama qilinmoqda.

Avvalroq Armaniston TIV mamlakat ShHTga a’zo bo‘lish istagini bildirganini ma’lum qilgandi. «Shanhay hamkorlik tashkilotining asosiy tamoyillari, ya’ni hududiy yaxlitlik, kuch ishlatmaslik va chegaralar daxlsizligi tufayli Armaniston Respublikasi ShHTga a’zo bo‘lish istagini bildirdi», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Mavzuga oid