O‘zbekiston | 13:00 / 17.07.2025
736
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ishonchli hamkor – barqaror kelajak: VUM kompaniyasi dilerlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

13 iyul kuni Toshkentda Van Universal Motors (VUM) kompaniyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yuritayotgan dilerlik markazlari vakillari ishtirokida yirik konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Ishonchli hamkor — barqaror kelajak” shiori ostida o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — dilerlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va biznesni rivojlantirish bo‘ldi. Shuningdek, ushbu tadbirda O‘zbekiston yuk mashinalari bozori uchun yangilik gaz va benzin yonilg‘isida harakatlanuvchi mutlaqo yangi avlod yuk mashinasi FAW Tiger VH modeli taqdimoti o‘tkazildi.

Foto: Van Universal Motors

VUM – ishonchli hamkorlik sari intilayotgan yetakchi kompaniyalardan biri

Van Universal Motors — O‘zbekistonda yuk avtomobillari savdosi, servis xizmatlari va dilerlik tarmog‘i yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan, bozorda yetakchi o‘ringa ega bo‘lish sari qat’iy intilayotgan kompaniyalardan biridir.

Kompaniya FAW Tiger yuk mashinalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirgan bo‘lib, hozirda mamlakat bo‘ylab 20 dan ortiq dilerlik markazlari bilan faol hamkorlik olib bormoqda.

2025 yilning birinchi yarmi yakuniga ko‘ra, kompaniya o‘z faoliyatida bir qancha muhim natijalarga erishdi. Jumladan:

dilerlar soni 7 tadan 23 taga yetdi — bu texnikalarning hududlarga yetkazilishi va servis xizmatlarining qulay tashkil etilishi uchun katta imkoniyat yaratdi. Shu davr ichida Van Universal Motors’ga bo‘lgan ishonch yirik tashkilotlar tomonidan ham ortdi. Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi tashkilotlar, “Navoiy KMK” AJ, Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek, Korzinka, Safia kabi xususiy kompaniyalar VUM bilan barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Bu ko‘rsatkichlar — VUM’ning bozorga bergan real qiymati va sheriklar bilan qurayotgan mustahkam munosabatlaridan dalolat beradi.

Konferensiyada muhim strategik yo‘nalishlar muhokama qilindi

Tadbir doirasida VUM rahbariyati tomonidan kompaniyaning 2025–2026 yillardagi rivojlanish strategiyasi, dilerlik markazlariga beriladigan qo‘llab-quvvatlovlar, hududiy marketing yondashuvlari va servis xizmatlarini takomillashtirish borasidagi rejalar taqdim etildi.

Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat bo‘ldi:

• Bozor segmentlari uchun moslashtirilgan FAW modellari;

• Dilerlar uchun markazlashgan servis nazorati;

• Har bir hudud uchun alohida marketing strategiyasi;

• Brend imijini kuchaytirish va diler ishonchini oshirish choralari.

Hamkorlik – asosiy qadriyat

Tadbirda ishtirok etgan dilerlik vakillari VUM tomonidan taqdim etilayotgan texnikalar, marketing yondashuvlari va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlovni ijobiy baholab, savdo samaradorligini oshirishga qaratilgan fikr-mulohazalarini bildirdi.

“Biz uchun har bir diler — kompaniyamizning yuzidir. Ular orqali biz mijozlarga yaqinlashamiz, ularning ehtiyojlarini tushunamiz va barqaror yechimlar taklif qilamiz”, dedi VUM bosh direktori G‘asanov Ravshan Rustam o‘g‘li o‘z nutqida.

FAW Tiger VH – O‘zbekistonda zavod sharoitida ishlab chiqarilgan ilk gaz-benzinli yuk mashinasi

Tadbir doirasida yangi texnikaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi — bu FAW Tiger VH modeli bo‘lib, u gaz (metan) va benzin yoqilg‘isida harakatlana oladigan ikki yonilg‘ili dvigatelga ega yuk mashinasidir.

Mazkur model — O‘zbekistonda zavod sharoitida gaz va benzin tizimi bilan ishlab chiqarilgan ilk eksklyuziv texnikalardan biri hisoblanadi. Bu yechim nafaqat iqtisodiy jihatdan foydali, balki ekologik xavfsizlik nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.

Asosiy afzalliklar:

To‘liq og‘irligi – 8 000 kg

Yoqilg‘i baklari – 345 (200+145) litr metan + 15 litr benzin

YUNNEI dvigateli – 130 o.k.

Shaanxi MT/8 uzatma qutisi

360 lik kamera, monitor, multirul, pnevmoo‘rindiq, salon uchun yorqin jigarrang rangdagi charmdan ishlangan dizayn, yon oynalardagi isitish tizimi va hokazo.

FAW Tiger VH texnikasi dilerlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va konferensiya ishtirokchilari ushbu model, shubhasiz, xalqimiz uchun ayni ehtiyojga javob beruvchi, ommabop va foydali yechim bo‘lishini ta’kidladi.

Yakuniy natija – yagona maqsad sari birlashuv

Van Universal Motors dilerlik tarmog‘i bilan birgalikda yuk avtomobillari bozorida ishonchli hamkor va barqaror ishlab chiqaruvchi sifatida o‘z mavqeyini mustahkamlashni davom ettirmoqda.

Kompaniya kelajakni dilerlar bilan birga qurmoqda. Agar siz ham ishonchli hamkorlikka tayyor bo‘lsangiz — biz bilan bog‘laning.

Batafsil ma’lumot uchun: +998 55 508 60 60

Sayt: faw.uz

Instagram: www.instagram.com/vum_faw_uzbekistan/

Facebook: www.facebook.com/vumfawuzbekistan

Telegram: t.me/vum_faw_uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid