Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamoqdan ozod etilganlarga bir martalik nafaqa berish tartibi belgilandi
Nafaqa miqdori BHM 6 baravarini (2 mln 250 ming so‘m) tashkil etadi.

Hukumat qarori bilan «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom qamoqdan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va nafaqalarni tayinlash E-probatsiya axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Nafaqa miqdori BHM 6 baravarini (2 mln 250 ming so‘m) tashkil etadi.
Ariza beruvchi jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan kundan boshlab 1 oy ichida tuman (shahar) probatsiya bo‘limlari (vakolatli organ) ga shaxsan murojaat qiladi.
Vakolatli organ 1 ish kunida ariza beruvchini nafaqa tayinlangani va nafaqani olish uchun murojaat qilinishi lozim bo‘lgan tijorat banki to‘g‘risida xabardor qiladi.
Nafaqa oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki jazoni o‘tab bo‘lganlik yoxud jazodan ozod qilinganlik haqidagi ma’lumotnoma asosida, 1 oy muddatda tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin.
Mavzuga oid

16:46 / 05.07.2025
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi

23:34 / 04.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

19:06 / 03.06.2025