Jamiyat | 11:06 / 17.07.2025
6703
1 daqiqa o‘qiladi

YPX xodimi suvda cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro qutqarib qolinib, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Foto: Videodan kadr

2025 yil 16 iyul kuni soat 16:20 larda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani hududidan o‘tuvchi "Qarshi magistral bosh kanali" oldida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Nodir Mirzayev kanalda cho‘kayotgan fuqaroni ko‘rib qolgan va ortidan o‘zini suvga tashlagan.

Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro qutqarib qolinib, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda uning holati yaxshi.

Voqeaga guvoh bo‘lgan fuqaro Ma’ruf Choriyev ham o‘zini suvga tashlab yordam qo‘lini uzatgan.

Mavzuga oid