O‘zbekiston | 14:56
4454
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatga sayohat qilayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-may oylarida jami 2,7 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 574,1 ming nafarga yoki 26,4 foizga oshgan.

Joriy yilning dastlabki 5 oyida chet elga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Qirg‘iziston – 1 189 793 nafar;
  • Tojikiston – 501 657 nafar;
  • Qozog‘iston – 468 208 nafar;
  • Saudiya Arabistoni – 145 262 nafar;
  • Rossiya – 124 829 nafar;
  • Turkiya – 88 648 nafar;
  • BAA – 71 352 nafar;
  • Misr – 30 479 nafar;
  • Tailand – 16 555 nafar;
  • Vetnam – 15 802 nafar;
  • boshqa davlatlar – 93 253 nafar.

Mavzuga oid