Jahon | 23:10 / 19.07.2025
1501
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

Muzokaralar dinamikasini oshirish kerak. O‘t ochishni to‘xtatish uchun hamma narsani qilish kerak, dedi Ukraina rahbari.

Foto: Guglielmo Mangiapane / Reuters

Ukraina prezidenti o‘zining kechki murojaatida Rustem Umerov Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining yangi kotibi sifatida Rossiya tomoniga keyingi haftada navbatdagi uchrashuvni taklif qilganini aytdi.

«Muzokaralar dinamikasini oshirish kerak. O‘t ochishni to‘xtatish uchun hamma narsani qilish kerak», deb qo‘shimcha qildi Volodimir Zelenskiy.

Rossiya va Ukraina 16 may va 2 iyun kunlari Istanbulda ikkita uchrashuv o‘tkazdi. Ular tomonlarning pozitsiyalari o‘rtasidagi ziddiyatlarning chuqurligini ko‘rsatdi, ammo muzokaralardan keyin asirlarning katta guruhlari va halok bo‘lganlarning jasadlari bilan bir nechta almashinuvlar bo‘lib o‘tdi. Umerov o‘sha paytda mudofaa vaziri sifatida muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qildi.

Zelenskiy, shuningdek, Rossiya va Ukraina yetakchilarining uchrashuvini zarur deb hisoblashda davom etishini ta’kidladi va bunday uchrashuvga tayyorligini qo‘shimcha qildi.

Zelenskiy muzokaralarning aniq sanasini hali aytmadi, shuningdek, Rossiyaning Ukraina taklifiga munosabati ham hozircha ma’lum emas.

Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar ulardan qochayotgan yoki muloqotga tayyorligini aniqlay olmayotgan Kiyev tufayli to‘xtab qolganini aytgan edi.

«Rossiya 24» kanali efirga uzatgan brifingda u Moskva muzokaralarga tayyorligini bir necha bor e’lon qilganini, 2022 yilda ham shunday bo‘lganini, hozir ham shunday ekanini eslatdi.

Mavzuga oid