Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Rossiyaning 22 ta banki va rejisser Shaxnazarovga qarshi sanksiyalar kiritdi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi 18-sanksiyalar paketi tafsilotlarini rasmiy jurnalda e’lon qildi. Boshqalar qatorida, 22 ta bank va taniqli rossiyalik rejisser cheklovlar ostida qoldi.

Foto: AP
Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan urush fonida, Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi 18-cheklovchi choralar paketini kiritdi. Tegishli hujjatlar 18 iyul, juma kuni kechqurun Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etildi. Natijada Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kuchga kirdi.
Rossiyaning yana 22 banki, tankerlari va Rossiya Federatsiyasi suveren investitsiya jamg‘armasi - Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) cheklovlarga duchor bo‘ldi. Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxini bir barrel uchun 47,6 dollargacha pasaytirdi va «Shimoliy oqimlar» bilan har qanday bitimni taqiqladi.
Cheklov choralari qo‘llangan banklar qatoriga T-Bank, "Sankt-Peterburg" banki, Dom.RF, "Yandeks-bank", Ozon Bank va "Surgutneftegazbank" kirdi. Ular SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzilmaydi, biroq ularga nisbatan tranzaksiyalarni taqiqlash qo‘llanadi.
Taniqli rossiyalik rejissyor va "Mosfilm" bosh direktori Karen Shaxnazarov, Vernadskiy nomidagi Qrim federal universiteti rektori Vladimir Kuryanov, Qrim madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Olga Burova va Hududlarni rivojlantirish jamg‘armasi sobiq bosh direktori Ilshat Shagiaxmetov ham sanksiyalarga uchradi.
Mavzuga oid

13:47 / 19.07.2025
YeI RFPI va uning shu’ba korxonalari bilan operatsiyalarni to‘liq taqiqladi

22:58 / 18.07.2025
YeI birinchi marta Xitoy banklariga Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun sanksiyalar kiritdi

08:49 / 16.07.2025
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

08:34 / 16.07.2025