Biznes | 15:08 / 21.07.2025
2118
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyo biznesi so‘nggi soatlarda

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Microsoft korxona va hukumatlarni jiddiy kiberhujumlardan ogohlantirdi. Reuters’ning yozishicha, FQB server dasturlariga faol hujumlardan xabar topgan. Kompaniya o‘z saytida kiberhujumlardan himoyalanish uchun o‘rnatish zarur bo‘lgan dasturlarni tavsiya qilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, noma’lum hakerlar so‘nggi bir necha kun ichida AQSh va xalqaro agentliklar, biznesni nishonga oluvchi hujum uyushtirish uchun harakatda.

Avstraliyaning moliya giganti Macquarie kompaniyasi yangi yo‘nalishni boshlamoqda. Yevropadan ushbu kompaniya 12 000 dan ortiq yotoqxonalarni boshqaradigan ikkita talabalar turar joyini sotib olishga rozi bo‘ldi, bu sektorga chet ellik investorlarni jalb qilish belgisi. Talabalar turar joyi ko‘chmas mulk bozoriga aylanadi.

Yevropaning eng katta va arzon tashuvchi aviakompaniyalaridan Ryanair’ning sof foydasi ikki baravarga oshdi. Ma’lum bo‘lishicha, pasxa ta’tillari va yozdagi ancha ko‘p oldindan chiptalarni bronlash sabab foyda ham ko‘paygan. Aviakompaniya 30 iyun kuni yakunlangan birinchi choragida 820 million yevro (953 million dollar) sof foyda ko‘rganini ma’lum qildi, bu o‘tgan yilning mart oyida Pasxa bayrami bo‘lgan davrdagi 360 million yevrodan ko‘p.

Xitoy dunyodagi eng katta GES to‘g‘oni qurishni boshladi. Bosh vazir Li Tszyan Tibet platosining sharqiy chekkasida kamida 170 milliard dollarga baholanadigan dunyodagi eng yirik gidroenergetika to‘g‘oni qurilishi boshlanganini ma’lum qilgan. Yiliga 300 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega beshta kaskadli gidroelektr stansiyasidan tashkil topgan to‘g‘on Buyuk Britaniyaning o‘tgan yili iste’mol qilgan elektr energiyasiga teng energiya beradi.

Mavzuga oid