Jamiyat | 13:09 / 21.07.2025
1154
1 daqiqa o‘qiladi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Unda, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan  A.Yu. 197 dona inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Andijon shahriga sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, undan ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro A.A. fuqaro Sh.S.ga 50 dona inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi “Zardeks” nomli dori vositasini 3,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid