Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Musobaqada 24 ta jamoa ishtirok etmoqda. O‘zbekiston birinchi turda g‘alaba qozondi.

Toshkent shahrida voleybol bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan yigitlar o‘rtasida FIVB jahon chempionati start oldi. 24 iyul kuni «Yunusobod» sport majmuasida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xalqaro voleybol federatsiyasi, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakat voleybol federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.
Musobaqada 24 ta jamoa 4 ta guruhga ajratilgan. 1-4 o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga yo‘l oladi.
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi 1-turda Turkiya bilan kuch sinashib, 3:0 (25–22, 25–19, 25–17) hisobida g‘alaba qozondi. Navbatdagi o‘yin 25 iyulda Pokistonga qarshi o‘tkaziladi. Guruhda Argentina, Puerto-Riko va Belgiya ham bor.
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

21:48 / 24.07.2025