Jahon | 07:36 / 25.07.2025
1024
2 daqiqa o‘qiladi

111 gumanitar tashkilot G‘azoga yordam yetkazilishini talab qilmoqda

Isroil G‘azo sektoriga tonnalab insonparvarlik yordamini olib kirishga ruxsat berayotganini da’vo qilmoqda, ammo ular omborlarda turibdi va xalqaro nohukumat tashkilotlar tomonidan tarqatilmayapti.

Foto: Gaza Humanitarian Foundation/REUTERS

100 dan ortiq xalqaro gumanitar tashkilotlar G‘azo sektorida yaqinlashib kelayotgan ommaviy ocharchilikdan ogohlantirdi va insonparvarlik yordamining yetib borishini ta’minlash uchun qo‘shma murojaat e’lon qildi. Murojaat 111 tashkilot, jumladan, "Chegara bilmas shifokorlar" (MSF), Save the Children va Oxfam tomonidan imzolangan. Xatni Germaniyaning bir qancha tashkilotlari ham qo‘llab-quvvatladi: Welthungerhilfe, Caritas, Forum Ziviler Friedensdienst va Weltfriedensdienst.

Imzolovchilar barcha quruqlikdagi o‘tish joylarini ochishni, oziq-ovqat, toza suv, dori-darmon, boshpana va yonilg‘i yetkazib berishning BMT boshchiligidagi mexanizm orqali to‘liq qayta tiklanishini, blokadani to‘xtatish va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olishni talab qilmoqda.

Maktubda «jang usuli sifatida tinch aholini ochlikdan o‘ldirish urush jinoyati» ekanligi ta’kidlanadi. «Birlashgan Millatlar Tashkiloti boshchiligidagi gumanitar tizim qulagani yo‘q, uning faoliyatiga to‘siq qo‘yildi. Gumanitar tashkilotlar keng miqyosda javob berish uchun resurslarga ega, ammo kirish taqiqlangani sababli biz muhtojlarga yordam bera olmayapmiz, jumladan, o‘zimizning xodimlarimiz ham charchagan va ochlikdan azob chekayotgan paytda», — deyiladi maktubda.

Isroil G‘azo sektorini blokadaga olish va ochlikdan urush usuli sifatida foydalanish ayblovlarini bir necha bor rad etib keladi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi COGAT Isroil hukumati tashkiloti insonparvarlik yordamini yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Mavzuga oid