Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“KAMAZ” savdodagi pasayish sabab 4 kunlik ish haftasiga o‘tmoqda

Foto: KAMAZ
Rossiyaning “KAMAZ” kompaniyasi savdosi o‘lib borayotgani munosabati bilan 4 kunlik ish haftasiga o‘tishga majbur. Kompaniya shu yilning 1 avgustidan e’tiboran ushbu rejimga o‘tishini e’lon qildi.
2025 yilning birinchi yarmida Rossiya yuk mashinalari bozori deyarli 60 foizga qisqardi. Shu bilan birga, davlat mudofaa buyurtmasini hisobga olmaganda, avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonaning o‘z savdolari qariyb 30 foizga pasaygan.
Kompaniya buning sabablaridan biri sifatida Markaziy bankning pul-kredit siyosatini ko‘rsatadi, bu nafaqat transport va boshqa kompaniyalarni kredit va lizing dasturlari bo‘yicha yangi texnika sotib olish imkoniyatidan mahrum qildi, balki 2024 yilda olingan texnikani lizing beruvchiga qaytarishga majbur qildi.
Ikkinchi sabab — barcha bashoratlarga qaramay, 2024 yilda Rossiyaga “haddan tashqari ko‘p” miqdorda chet el texnikasini olib kirgan importchilarning “uzoqni ko‘ra bilmaslik siyosati”dir.
“KAMAZ” kompaniyasining baholashicha, bunday korxonalarning omborlarida “xaridor topa olmayotgan” 30 mingdan ortiq yuk mashinasi saqlanib turibdi.
Avvalroq “AvtoVAZ” ham 2025 yil 22 iyulda “avtomobil bozoridagi tendensiyalar” — yuqori foiz stavkasi, qat’iy tartibga solish va chet ellik ishlab chiqaruvchilarning narxlarni pasaytirishi tufayli to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tishni ko‘rib chiqish rejalari haqida ma’lum qilgandi.
Shundan so‘ng Gorkiy avtomobil zavodi tijorat transporti bozorining pasayishi sababli 2025 yil avgust oyida to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tishga qaror qildi.
Rossiyada tug‘ilish darajasini oshirish uchun ham davlat bo‘ylab to‘rt kunlik ish haftasini joriy qilish muhokamada.
Mavzuga oid

16:59 / 03.04.2025
KAMAZ samosvallarga bahorgi aksiyani e’lon qildi!

11:41 / 26.06.2024
Parkentda oraliq masofani saqlamagan «KAMAZ» sababli 4 ta avtomobilga zarar yetdi

15:52 / 26.08.2023
O‘zbekistonda «KAMAZ» uchun mutaxassislar tayyorlanishi mumkin

09:00 / 29.07.2021