Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari
Zomin tumanida sodir bo‘lgan bu fojia ortidan haligacha turli savollar o‘rtaga chiqmoqda. Voqea bundan bir oy muqaddam, 23 iyun kuni ro‘y bergan. Xorazm viloyati, Urganch shahridan bir oila dam olish maqsadida Zomin tumanidagi tog‘li qishloqqa keladi.

Ular mahalliy aholi uylaridan birida yashash uchun to‘xtaydi. Taxminan soat 19:30 larda oilaning ikki yoshli o‘g‘li xonadondan chiqib ketadi — va izsiz yo‘qoladi.
Qidiruv ishlari boshlanadi. Bir necha kun o‘tib, bolakayning jasadi — uydan taxminan bir kilometr uzoqlikdagi tepalikda topiladi.
Shu paytdan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda turli taxminlar va gap-so‘zlar tarqala boshladi. Kimdir bola adashib, ochlik va suvsizlikdan vafot etganini aytmoqda. Yana kimlardir u o‘ldirilganini, jasadi yashirilganini iddao qilmoqda.
Bizga yetib kelgan bir manbaga ko‘ra, bola ehtiyotsizlik oqibatida, uy egasining mashinasi ostida qolib, nobud bo‘lgan.
“Bu bolacha dam olishga kelgan, xorazmliklar. Uch aka-uka ekan, bir yosh-bir yosh farq qilgan. Bu ikki yosh ekan. Dam oladigan uyda, ... aka degan odamning uyi, shuni o‘g‘li bor. “Kobalt”i bor, moshinni orqaga haydaganda ko‘rmay bosib ketibdi. Kallasidan buni. Shu payti o‘lib qolgan. Bir kun odyalga o‘rab saqlagan [bolani-tahr], qayergadir yashirganda. Bir kundan keyin soy bor, tog‘ning uchi, bir kilometr tepada, shu yerga shunday tashlab ketibdi. Bolacha endi to‘rt kun-besh kun yotgan tashqarida. Qurtlab ketibdi, sasib ketgan. Xudoning karomati bilan u yerda bo‘ri-tulkilar ko‘p, birortasi teginmagan. Faqat shu pashsha bosib yotganmish”, deydi manba.
Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Zomin tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ikki yoshli bola uydan chiqib ketdi — va qaytmadi. Bu — oila uchun og‘ir fojyea. Jamiyat uchun esa — og‘riqli savollarni o‘rtaga chiqardi.
Bu voqea barchamizni yana bir bor ogohlikka chaqirishi kerak.
Farzandlarimizga, ayniqsa yosh bolalarga har kuni, har joyda ko‘z-quloq bo‘lishimiz lozim.
Mavzuga oid

20:45 / 21.07.2025
Harorat keskin ko‘tarilishi issiqlikdan o‘lim holatlarini uch baravar oshirishi mumkin – Jahon banki

10:24 / 14.05.2025
Zominda jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi

10:13 / 13.01.2025
Jizzaxda ilonni tiriklay yeb yuborgan shaxs jarimaga tortildi

16:36 / 30.12.2024