Jahon | 20:11
931
2 daqiqa o‘qiladi

NYT: Pentagon Trampning samolyotini qayta jihozlash uchun 934 mln dollar yo‘naltirdi

Narxi 400 mln dollar atrofida bo‘lgan Boeing 747-8 samolyoti AQSh prezidentiga Qatar tomonidan sovg‘a qilingan. 

Foto: Lukas Wunderlich via Getty Images

Pentagon yadroviy kallak tashuvchi raketalarni modernizatsiya qilish uchun ajratilgan 934 mln dollarni AQSh prezidenti Donald Trampga Qatar tomonidan sovg‘a qilingan narxi qariyb 400 mln dollar bo‘lgan Boeing 747-8 samolyotini qayta jihozlashga yo‘naltirdi, deb yozadi The New York Times.

Nashrning yozishicha, samolyotni ta’mirlash va qayta jihozlash uchun ajratilgan mablag‘ning barchasi sarflanadimi-yo‘qmi, hozircha aniq emas, lekin AQSh prezidenti ma’muriyati vakili nashrga samolyotni yangilash uchun mablag‘ yadroviy qurollarni modernizatsiya qilishga mo‘ljallangan budjetdan olinishini bildirgan. 

Gazetaning yozishicha, Boeing samolyotini prezident bortiga aylantirish uchun bir-ikki yil vaqt ketadi. 

Avvalroq The Washington Post gazetasi Qatar sovg‘a qilgan samolyotni barcha talablar asosida jihozlash qariyb 1,5 mlrd dollarga tushishini yozgandi.  

11 may kuni ABC News telekanali Qatar qirollik oilasi AQSh yetakchisiga “uchar saroy” sovg‘a qilishni rejalashtirgani haqida xabar bergandi. The Washington Post gazetasining yozishicha, layner bir oydan buyon San-Antonio (Texas shtati) xalqaro aeroportida turibdi.

Mavzuga oid