Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
20058
2 daqiqa o‘qiladi

Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi

«O‘zbekiston», «Hayot guli», «Navro‘z», «Vals», «Sharq taronasi» va boshqa ko‘plab musiqalari bilan elga tanilgan san’atkor 55 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bastakor Sultonali Rahmatov 55 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Madaniyat vazirligi.

Marhum qandli diabet, jigar sirrozi va buyrakda suv yig‘ilishi kasalliklari bilan og‘rigan, infarkt oqibatida vafot etgan.

Sultonali Rahmatov 1970 yil 13 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvonini olgan. 2006 yilda Nyu-York qirollik akademiyasi kompozitori bo‘lgan. O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, Mudofaa vazirligi qoshidagi qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli badiiy rahbari bo‘lib ishlagan.

Bastakor «O‘zbekiston», «Hayot guli», «Navro‘z», «Vals», «Sharq taronasi» va boshqa ko‘plab musiqalari bilan elga tanilgan.

Sultonali Rahmatov ko‘p yillar davomida san’atning estrada va bastakorlik sohasida faoliyat yuritib, ushbu san’atni rivojlantirishda fidokorona xizmat qilgan.

 

Mavzuga oid