Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Dunyo bo‘yicha sotilgan avtomobillarning 5,5 milliontasi Xitoyga to‘g‘ri keladi.

Foto: Anadolu
2025 yilning dastlabki olti oyida dunyo bo‘yicha elektromobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28 foizga o‘sdi va 9,1 million donani tashkil etdi. Bu haqda Britaniyaning Rho Motion tadqiqot kompaniyasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, iyun oyida elektromobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga oshgan va 1,8 million dona avtomobil sotilgan.
Bu borada Xitoy so‘zsiz yetakchilik qilmoqda. Dunyo bo‘yicha sotilgan avtomobillarning 5,5 milliontasi Xitoyga to‘g‘ri keladi.
Yevropada 2025 yilning yanvar-iyun oylarida elektromobillar savdosi 26 foizga o‘sib, 2 million donani tashkil etgan.
Shimoliy Amerikada (AQSh, Kanada, Meksika) o‘tgan olti oy davomida savdo 3 foizga pasayib, atigi 900 ming dona elektromobil sotilgan.
Dunyoning qolgan mamlakatlarida savdo hajmi 40 foizga oshgan va 700 ming dona elektrokar sotilgan.
Mavzuga oid

22:48 / 25.07.2025
«Bilol's motors» avtosaloni rahbari ustidan sud boshlandi

09:21 / 23.07.2025
Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi qaysi hududda qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

07:47 / 11.07.2025
O‘zbekiston 5 oyda qariyb 10 mingta elektromobil import qildi

18:49 / 09.07.2025