O‘zbekiston | 16:15 / 28.07.2025
6165
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida harorat o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda

O‘zbekistonga biroz nam va issiq havo massasi kirib kela boshladi. Hafta davomida aksariyat hududlarda havo harorati +32…+37 daraja bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

27 iyul kuni O‘zbekiston hududiga biroz nam va o‘tgan haftaga nisbatan biroz issiq bo‘lgan havo massalari kirib kelishi boshlandi.

Respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat +34...+37 darajagacha pasaydi, bu iyul oyi oxiri uchun bo‘lgan iqlim me’yoriga yaqin bo‘ldi.

Biroq namlik oshishi harorat pasayishi ta’sirini biroz kamaytirdi va ayniqsa kechasi havo dim bo‘lishi sezilarli bo‘ldi.

«O‘zgidromet» ma’lum qilishicha, ushbu hafta davomida respublika hududi bo‘yicha harorat foni deyarli o‘zgarmaydi. Ko‘pchilik viloyatlarda harorat asosan +32...+37 daraja, respublikaning cho‘l hududlarida va janubida ba’zi joylarda +38...+40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.

Ushbu haftada yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iton Respublikasida va respublikaning tog‘li hududlarida bugun kunduzi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 1318 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Havo harorati +21...+24 daraja, kunduzi +34...+37 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid