O‘zbekiston | 19:28 / 28.07.2025
2896
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyoti favqulodda vaziyat tufayli aeroportga qaytdi

Samolyot aeroportga xavfsiz qo‘ndi.

Foto: Anna Zvereva

Turkiyaning Istanbul shahridan Toshkentga 28 iyul kuni uchgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti favqulodda vaziyat tufayli aeroportga qaytdi.

HY-272 reysini amalga oshirayotgan Boeing 767 samolyoti havoga ko‘tarilganidan biroz o‘tgach, zaxira aeroporti - Anqara shahriga qo‘nmoqchi bo‘lgan. Havo kemasi ekipaji bortda favqulodda vaziyat yuz berganini anglatuvchi 7700 kodini qo‘ygan.

Ekipaj kutish zonasida biroz parvoz qilgach, jo‘nab ketish aeroporti – Istanbulga qaytishga qaror qilgan. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 17:50 da aeroportga xavfsiz qo‘ngan.

Bortdagi favqulodda vaziyat nima ekani ma’lum emas.

Mavzuga oid