O‘zbekiston | 12:02
1882
1 daqiqa o‘qiladi

Qaysi hududda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi aytildi

2025 yil iyul oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 81,5 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. 

Foto: Kun.uz

“O‘zsuvta’minot” ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahri 98,2 foiz ko‘rsatkich bilan yetakchi o‘rinda bo‘lsa, eng quyi natija — Qashqadaryo viloyatida 61,2 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek:

  • Andijon viloyati — 92 foiz;
  • Buxoro viloyati — 74,3 foiz;
  • Farg‘ona viloyati — 82,5 foiz;
  • Jizzax viloyati — 75,3 foiz;
  • Navoiy viloyati — 85,8 foiz;
  • Namangan viloyati — 87 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati — 61,2 foiz;
  • Samarqand viloyati — 78,6 foiz;
  • Surxondaryo viloyati — 66,5 foiz;
  • Sirdaryo viloyati — 87,7 foiz;
  • Toshkent viloyati— 79,9 foiz;
  • Xorazm viloyati — 91,6 foiz;
  • Toshkent shahri — 98,4 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 74,2 foiz.

2025 yil boshlarida ham markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan darajasi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati so‘nggi o‘rinda edi.

Mavzuga oid