Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetidan 3 mingdan ortiq talaba chetlatildi
Qirg‘izistonda ta’lim sohasida korrupsiyani bartaraf etish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Foto: 24.kg
Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi oliy o‘quv yurtlaridan 13 ming 295 nafar talaba o‘qishdan chetlashtirildi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib 24.kg xabar berdi.
Qayd etilishicha, ta’lim sohasida korrupsiyani bartaraf etish maqsadida 2024 yil oxiri va 2025 yil boshida OTM rahbarlari ishtirokida profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.
Natijada, 5 ta oliy o‘quv yurtining darslarga kelmagan yoki akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalari o‘qishdan chetlatilgan:
- O‘sh davlat universiteti - 3 ming 573 nafar;
- O‘sh texnologiya universiteti - 2 ming 754;
- Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universiteti - 3 ming 167;
- O‘sh davlat pedagogika universiteti - 3 ming 629;
- Qirg‘iziston Milliy universiteti filiali - 172.
Ta’kidlanishicha, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi mazkur oliy ta’lim muassasalari mansabdor shaxslarining talabalarni noqonuniy o‘qitishga aloqadorligini tekshirmoqda.
Avvalroq Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Bishkek, Norin va Issiqko‘l viloyatidagi oliy o‘quv yurtlaridan yuzlab, ba’zi hollarda minglab talabalar o‘qishdan chetlatilgani haqida xabar bergan edi.
Avvalroq, Qirg‘iziston oliygohida mamlakatga umuman kelmagan o‘zbekistonlik talabalar aniqlangan edi.
Mavzuga oid

21:19 / 28.07.2025
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

15:25 / 23.07.2025
Rossiya universitetlarining o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalari oshishi mumkin

08:30 / 22.07.2025