Jahon | 15:12
870
1 daqiqa o‘qiladi

YeK: Kiyev korrupsiyaga qarshi organlar mustaqilligini saqlashi kerak

Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash organlarining mustaqilligini ta’minlashi kerak, deb yozdi Yevrokomissiya raisi Volodimir Zelenskiy bilan suhbati yakuni bo‘yicha.

Foto: Olena Perepadya

Ukraina korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarning mustaqilligini ta’minlashi kerak. Bu haqda Yevrokomissiya (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen 27 iyul, yakshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan suhbatdan so‘ng yozdi.

«Ukraina o‘zining Yevropa yo‘lida allaqachon ko‘p yutuqlarga erishdi. U ana shu mustahkam poydevorlarga asoslanishi va Ukrainada qonun ustuvorligining asosi bo‘lgan mustaqil korrupsiyaga qarshi organlarni saqlab qolishi kerak», — deya ta’kidladi YeK rahbari.

Kiyev «o‘zining Yevropa yo‘lida taraqqiyotga erishishda bizning yordamimizga ishonishi mumkin», deya qo‘shimcha qildi fon der Lyayyen.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida 24 iyuldagi korrupsiyaga qarshi kurash organlari to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi «kechiktirmasdan, shu haftada» qabul qilinishi kerakligiga ishonch bildirdi.

Mavzuga oid