O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
23913
2 daqiqa o‘qiladi

Ikki viloyatda IIB boshliqlari o‘zgardi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatov lavozimini tark etgan. Uning o‘rniga general-mayor Tohir Aripov Samarqand viloyati IIB boshlig‘i bo‘ldi. Polkovnik Abduvosit Abdurazzoqov esa Aripov o‘rniga Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i etib tayinlandi.

Polkovnik Abduvosit Abduhayevich Abdurazzoqov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Abduvosit Abduhayevich Abdurazzoqov

Abduvosit Abdurazzoqov 2022 yil martidan hozirga qadar Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Undan avval u Uchtepa tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

O‘z navbatida, 2018 yil oktyabridan buyon Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan Tohir Aripov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining yangi boshlig‘i etib tayinlandi.

Tohir Aripov

Tohir Aripov muqaddam 2017-2018 yillarda IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2018 yil mayidan oktyabrigacha ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ham ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyati IIBga 2022 yil fevralidan buyon Rahmat Mamatov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Mavzuga oid