Jahon | 09:59 / 30.07.2025
1599
2 daqiqa o‘qiladi

«Kiberpartizany»: «Aeroflot» tizimi himoyasi «zaif» edi

«Kiberpartizany» katta miqyosdagi nosozliklar va «Aeroflot»ning o‘nlab reyslarining bekor qilinishiga aloqadorligini da’vo qildi. Guruh vakili DW nashriga hakerlik hujumi tafsilotlarini aytib berdi.

Foto: AP

«Aeroflot» dushanba kuni uzilishlar tufayli o‘nlab reyslarni bekor qildi, Silent Crow hakerlar guruhi va «Kiberpartizany»  Belarus hamjamiyati unga aloqadorligini da’vo qildi. «Kiberpartizany» vakili Yuliana Shemetovets DW nashriga operatsiya tafsilotlarini aytib berdi.

Anonim IT-mutaxassislari rus kompaniyasining «asosiy infratuzilmasi»ga, ya’ni «nafaqat oddiy xodimlarning kompyuterlariga, balki aviatashuvchining asosiy boshqaruv apparatiga ham kirishga» muvaffaq bo‘ldi, deya ta’kidladi Shemetovets. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «Kiberpartizany»ning eng yirik operatsiyasi bo‘lib, natijalari jamoatchilikka ma’lum qilingan. Guruh vakili hujumning muvaffaqiyatini «Aeroflot» tizimi himoyasi «zaif» bo‘lib chiqqani bilan izohladi. Xususan, aviakompaniya bosh direktori 2022 yildan beri parolni o‘zgartirmagani ma’lum bo‘ldi.

Guruhga ko‘ra, o‘z hujumi bilan parvozlar va oddiy odamlar hayotini xavf ostiga qo‘yish niyatida emas edi. Ammo «Aeroflot» tizimlarini qayta tiklashga «ko‘p oylar ketadi», mamlakat ichida parvozlarni tashkil etishda xato va nosozliklarga yo‘l qo‘yiladi, dedi Shemetovets.

Bundan tashqari, «Kiberpartizany» «Aeroflot»ga zarar yetkazishga intilmaganini ta’kidladi. Hakerlar guruhi Rossiya rasmiylari bilan ishlayotgan har qanday kompaniyani «o‘zining qonuniy nishoni» deb biladi. «Anchadan beri real vaqt rejimida doimiy ravishda skanerlash va Rossiya tuzilmalari ustida ish olib borilmoqda», — deya qo‘shimcha qildi Shemetovets.

Mavzuga oid