Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda biznes muhiti indeksi ikki yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) o‘tkazgan tadqiqotga muvofiq, 2025 yil iyun oyida O‘zbekistonda biznes muhiti indeksi 63 punktni tashkil etdi.

ITIM ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich so‘nggi ikki yil ichida qayd etilgan eng yuqori daraja sifatida e’tirof etilmoqda.
Eng barqaror biznes faolligi o‘sishi xizmatlar va sanoat sohalarida qayd etildi. Qishloq xo‘jaligi hamda qurilishda ham tiklanish kuzatilmoqda. Bu ko‘rsatkichlar tadbirkorlik muhitining barqaror transformatsiyasini aks ettirmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yil iyun oyi uchun respublika bo‘ylab tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida biznes muhiti tahlili natijalarini e’lon qildi. Tahlil natijalari asosida biznes muhiti indeksi shakllantirildi, u biznesning hozirgi holati va yaqin kelajakdagi rivojlanishi bo‘yicha baholarni aks ettiradi.
Iyun oyida biznes muhiti indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 bandga oshib, 63 bandni tashkil etdi. Bu esa uzoq muddatli istiqbolda biznes ishonchining mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘tgan oyga nisbatan ham 2 bandga o‘sish qayd etildi, bu esa joriy yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Iyun oyida biznes muhiti indeksining joriy holati 47 bandni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 bandga oshganini ko‘rsatadi.
Biznesning joriy holati indeksi tadbirkorlarning mamlakatdagi real vaziyat va biznes yuritish sharoitlari haqidagi tasavvurini aks ettiradi. Unda savdo hajmi, bandlik, talab, resurslarga yetishimlilik hamda operatsion muhit barqarorligi kabi omillar inobatga olinadi.
Shu bilan birga, biznesning istiqboldagi kutilmalar indeksi 6 bandga oshib, 80 bandni tashkil etdi. Bu esa tadbirkorlarning barqarorlikka bo‘lgan ishonchini namoyon etmoqda.
Natijalarga ko‘ra, tadbirkorlarning 38 foizi so‘nggi uch oyda o‘z biznesi holatining yaxshilanganini ma’lum qilgan, 38 foizi talab o‘sganini qayd etgan, 24 foizi esa ishchilar sonining ko‘payganini bildirgan. Shu bilan birga, so‘rovda ishtirok etgan tadbirkorlarning 71 foizi kelgusida talab o‘sishini, 59 foizi ishchilar soni ko‘payishini, 21 foizi esa narxlar o‘sishini kutmoqda.
Mavzuga oid

09:00 / 30.07.2025
Play Mobile SMS-xabarlari biznes uchun qulay va samarali vositadir

14:02 / 24.07.2025
Nescafé’dan ilk qahva, bankrot bo‘lgan Kia va YandexMoney ochilishi – 24 iyul dunyo biznesi tarixida

08:32 / 23.07.2025
Germaniya banki O‘zbekistonda biznesni moliyalashtirish loyihasini amalga oshiradi

12:29 / 19.07.2025