Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
40 ta xorijiy atama o‘zbekcha muqobillariga almashtirildi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisi bayoni qabul qilindi. Ushbu bayonga ko‘ra, o‘zbek tilida qo‘llanilib kelayotgan 40 ta xorijiy atama o‘zbekcha muqobillariga almashtirildi.

O‘zbek tili izohli lug‘ati. Illyustrativ foto
Ushbu jarayonda Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda ish olib bordi, shuningdek, mazkur departamentning ekspertlar guruhida xorijiy atamalar muhokamadan o‘tkazildi.
Almashtirilishi lozim bo‘lgan 40 ta xorijiy atamaning milliy muqobillarini aniqlashda FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tilshunoslari ushbu atamalar tegishli soha vakillari bilan muntazam muloqotda bo‘ldi.
Shuningdek, xorijiy atamalar OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamadan o‘tkazildi, yurtdoshlar takliflari hisobga olindi.
Mavzuga oid

07:44 / 30.07.2025
Ayrim geografik obektlar nomi davlat tili qoidalariga muvofiqlashtiriladi

12:44 / 08.05.2025
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi

18:01 / 23.04.2025
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

17:06 / 17.04.2025