Jamiyat | 12:40 / 31.07.2025
3051
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda "Vatanga qaytarish" xayriya aksiyasiga start berildi

30 iyul - Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan joriy yil 30 iyuldan 30 avgustgacha «Vatanga qaytarish» nomli xayriya aksiyasi o‘tkaziladi.

Foto: Videodan kadr

Aksiya Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda tashkil etilyapti.

Aksiya doirasida xorij davlatlarida og‘ir sharoitda qolgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish va ularni samarali reintegratsiya qilish maqsad qilingan.

Murojaat uchun: Migratsiya agentligining xorijdagi  vakolatxonalari, O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari, @huquqiy_yordam_uzbot yoki 12-82 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Mavzuga oid