O‘zbekiston | 14:32 / 31.07.2025
1737
1 daqiqa o‘qiladi

Sergelidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Sergeli tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Kecha, 31 iyul kuni soat 12:58 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Navro‘z ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning chordoq qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 13:17 da yetib borib, yong‘in soat 13:38 da qurshab olindi, soat 13:59 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid