O‘zbekiston | 14:28 / 31.07.2025
5728
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘llari qurilishi, avval reja qilinganidek 2025 yilda emas, 2026 yilda boshlanadi. 

Foto: Getty images

2026 yilda Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi boshlanadi. 

Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026−2028 yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiyasida qayd etilishicha, 2026 yilda Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon yo‘nalishlarida pulli avtomobil yo‘llarini qurish loyihalari amalga oshiriladi.

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi xalqaro avtomagistral yo‘llarni ta’mirlash va qurishni, shuningdek, mavjud yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish va xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. 

Bu xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan va ilg‘or tajribani inobatga olgan holda bajariladi.

Mavzuga oid