O‘zbekiston | 16:28 / 01.08.2025
8747
2 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki mulozimi ishdan olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Inoyat Shukurov va departamentning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Muhammadjon Ro‘zmatov o‘z xohishiga bilan lavozimidan ozod qilindi.

O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning tegishli buyruqlari bilan 1 avgust kuni tizimda bir qancha o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, Adliya katta maslahatchisi Inoyat Shukurov o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi. Shuningdek u departament organlaridan ham bo‘shatilgan.

Inoyat Shukurov (suratda chapdan uchinchi)

Adliya katta maslahatchisi Muhammadjon Ro‘zmatov ham o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi. U ham departament organlaridan bo‘shatildi.

Avvalroq, O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Shohrux Aminov Qoraqalpog‘iston prokurori lavozimiga tayinlangani xabar berilgan edi.

Joriy yil 22 iyul kuni Bosh prokuraturaning Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, adliya katta maslahatchisi Alijon Abdullayev ham o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan lavozimidan ozod qilingan edi