Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
U sho‘ng‘ish paytida suvosti g‘orlarida adashib qolgan.

Foto: South China Morning Post
Xitoylik erkak besh kecha-kunduz suv ostida yashab, mo‘jizaviy tarzda omon qoldi. Bu haqda Honkongning South China Morning Post nashri xabar berdi.
Voqea 19 iyul kuni sodir bo‘lgan. Fujun shahrida yashovchi 40 yoshli havaskor g‘avvos do‘sti bilan mahalliy daryoga borgan va suvga sho‘ng‘iganidan besh daqiqa o‘tgach, bedarak yo‘qolgan.
Daryo murakkab g‘orlar tizimi bilan kesishgan bo‘lib, ba’zi joylarda bir necha o‘n metr chuqurlikka ega. Politsiya va qutqaruvchilar zudlik bilan qidiruv ishlarini boshlagan, xususan, professional g‘avvoslar jalb qilingan.
Qidiruvlar besh kun besamar davom etgan. Ammo g‘avvoslar navbatdagi suvosti g‘orlari bo‘ylab suzish paytida g‘oyib bo‘lgan erkakka tasodifan duch kelgan. U fonarik bilan g‘avvoslarga signal berishga muvaffaq bo‘lgan.
Qutqaruv guruhi kapitani Tyan Yanlin so‘zlariga ko‘ra, g‘avvos suvosti g‘orlaridan biridagi «havo cho‘ntagi» tufayli omon qolgan. U yerda, umuman olganda, chuqur suv ostida bo‘lishiga qaramay, nafas olish mumkin edi.
Erkakning so‘zlariga ko‘ra, shu 5 kun ichida u vaqt hissini butunlay yo‘qotgan va xom baliq bilan kun ko‘rgan. Ajablanarlisi shundaki, qutqarilgandan so‘ng, erkakning ahvoli qoniqarli bo‘lgan. Hatto tez yordam mashinasiga mustaqil ravishda yetib borgan.
Mavzuga oid

22:14 / 02.08.2025
Xitoyda chikungunya epidemiyasiga qarshi kurashish uchun ulkan kannibal-chivinlar yuborildi

23:25 / 01.08.2025
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi

08:10 / 01.08.2025
AQSh: Xitoyning Rossiya neftini sotib olishi 100 foizlik bojga sabab bo‘lishi mumkin

07:41 / 01.08.2025