Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston bosh vaziri Pokistonga tahdid qildi
Narendra Modi “Pokiston yana xato qadam tashlaydigan bo‘lsa, BrahMos raketalari terrorchilarni yo‘q qilishi”ni aytdi.

Foto: AP
Xabar qilinishicha, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Varanasi shahrida tashkillashtirilgan mitingda chiqish qilgan.
Modi mamlakat mudofaa salohiyati kuchayganini aytar ekan, “Sindur operatsiyasi” vaqtida butun dunyo hind qurolining kuchini, havo hujumidan mudofaa tizimining samaradorligini va dronlarning muvaffaqiyatiga guvoh bo‘lganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BrahMos raketasi “Hindiston dushmanlariga qo‘rquv soladi”.
“Agar Pokiston yana xato qadam tashlaydigan bo‘lsa, BrahMos raketalari terrorchilarni yo‘q qiladi”, degan Modi.
BrahMos raketasi yerdan, dengizdan va havodan uchirilishi mumkin va uning parvoz masofasi 400 kilometrgacha yetadi.
22 aprel kuni Jammu va Kashmir shtatining Paxalgam rayonida terrorchilik harakati oqibatida 26 kishi halok bo‘lgandi. 6 may kuni Hindiston bunga javoban Pokiston hududiga raketa zarbalari berdi va tomonlar o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. 10 may kuni ikki mamlakat AQSh vositachiligida sulh tuzilganini e’lon qildi.
Mavzuga oid

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

10:57 / 02.08.2025
Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi

09:47 / 02.08.2025
O‘zbekiston va Pokiston fuqarolarga viza rasmiylashtirish jarayonini soddalashtiradi

16:10 / 31.07.2025