Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Turkmanistonga keldi
5-8 avgust kunlari Ovoza turistik zonasida dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar bo‘yicha BMTning uchinchi konferensiyasi o‘tkaziladi. Anjuman doirasida ko‘plab siyosiy-diplomatik uchrashuvlar va savdo-iqtisodiy munozaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar uchinchi konferensiyasida ishtirok etish uchun Turkmanboshi shahriga keldi. Bu haqda Turkmaniston davlat teleradiosi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, BMT bosh kotibini Turkmanboshi xalqaro aeroportida Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib olgan.
BMTning uchinchi konferensiyasida dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar hamda BMTga a’zo boshqa davlatlarning yuqori darajadagi delegatsiyalari, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, moliyaviy institutlar, qonunchilik organlari, jamoat birlashmalari rahbarlari va xususiy sektor ishtirok etadi.
Konferensiya 5-8 avgust kunlari Ovoza turistik zonasida o‘tkaziladi. Anjuman doirasida ko‘plab siyosiy-diplomatik uchrashuvlar va savdo-iqtisodiy munozaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

19:20 / 03.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi

21:48 / 02.08.2025
BMT ma’ruzalarini deyarli hech kim o‘qimasligi haqida ma’ruza e’lon qildi

17:23 / 29.07.2025
G‘azoda ocharchilik boshlanmoqda – IPC hisoboti

20:02 / 26.07.2025