Jahon | 01:19
986
1 daqiqa o‘qiladi

HAMAS Falastin davlati tuzilmagunicha qurolni tashlamasligini ma’lum qildi

Tashkilot Uitkoffning G‘azodagi gumanitar yordam tarqatish markaziga tashrifini tanqid qildi va bu tashrifni “jamoatchilik fikrini chalg‘itish uchun avvaldan tayyorlangan teatrlashtirilgan tomosha” deb atadi. 

Foto: Reuters

HAMAS poytaxti Quddusda bo‘lgan Falastin davlati tuzilmaguniga qadar qurolsizlanmasligini bildirdi. 

"Bizning milliy huquqlarimiz to‘liq tiklanmagunicha va birinchi navbatda poytaxti Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlati tuzilmagunicha qurolli qarshilik to‘xtatilmaydi”, - deya HAMAS bayonotidan iqtibos keltirdi Al Arabiya. 

Qayd etilishicha, bu ularning AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning HAMAS qurolsizlanishga tayyorligi haqidagi so‘zlariga javobidir.

HAMAS shuningdek, Uitkoffning G‘azodagi gumanitar yordam tarqatish markaziga tashrifini tanqid qildi va bu tashrifni “jamoatchilik fikrini chalg‘itish uchun avvaldan tayyorlangan teatrlashtirilgan tomosha” deb atadi. 

Tashkilot AQShni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini olib chiqib ketish va anklav qamalini olib tashlashda ishtirok etishga chaqirdi.

Mavzuga oid