Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya Rossiya bilan Drujba ko‘prigida to‘siqlarning bir qismini qurdi
Estoniya Ivangorod va Narva o‘rtasidagi Drujba ko‘prigining avtomobil qismiga metall darvozalar o‘rnatdi, deya xabar beradi Pravda Estonia va ERR.

Foto: Delfi.ee
Estoniya Rossiya bilan chegarada to‘siqlar o‘rnatishda davom etmoqda. Leningrad viloyatidagi Ivangorod va Estoniya shimoli-sharqidagi Narva shaharlarini bog‘lovchi Drujba ko‘prigiga metall darvozalar o‘rnatildi. Bu chegarani ruxsatsiz kesib o‘tishning oldini olishga qaratilgan yangi xavfsizlik tizimi birinchi elementi, deb xabar berdi Pravda Estonia.
Unga ko‘ra, kelgusida ko‘prikning piyodalar o‘tish joyiga ham harakatlanuvchi metall to‘siqlar o‘rnatish rejalashtirilgan.
Estoniya jamoat teleradiokompaniyasi (ERR) xabar berishicha, qurilish ishlari ham quruqlikdagi chegarada, ham Narva daryosi bo‘ylab olib borilmoqda. Politsiya va chegara qo‘riqlash kengashining loyiha menejeri Merle Tikkning aytishicha, quruqlik qismida taxminan 60 kilometrlik chegara infratuzilmasi qurilishi yakunlandi. Yana 26 kilometrda ishlar davom etmoqda, bahorda yana 20 kilometrda ish boshlanishi kutilmoqda.
Estoniya va Rossiya o‘rtasidagi quruqlik chegarasining uzunligi 135,6 kilometrni tashkil qiladi.
«Faqat daryolar va ko‘llar kabi tabiiy to‘siqlar, chegara bo‘lib xizmat qiladigan va infratuzilmani qurish mantiqsiz bo‘lgan uchastkalar chegara infratuzilmasisiz qoladi», deb tushuntirdi Tikk.
Mavzuga oid

18:49
Tramp: agar neft narxi yana 10 dollarga tushsa, Putin odamlarni o‘ldirishni to‘xtatadi

11:10
Ukraina Rossiyaning eng yangi atom suvosti kemasi hujjatlarini e’lon qildi

10:30
Rossiyalik bolalar yozgi ta’tilini Toshkent viloyatidagi oromgohda o‘tkazdi

08:46