Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari Lev Tolstoy mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi
Rossiyaning Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofoti uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfiga qarshi kurashishga qaratilgan faoliyatdagi alohida xizmatlari uchun beriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Rossiyskiy fond mira» xalqaro jamoat fondi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston rahbari Imomali Rahmon va O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni xalqaro huquq ustuvorligi asosida umumiy va teng xavfsizlikni ta’minlash, ko‘p qutbli dunyo barpo etish, xalqlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofotiga nomzod etib ko‘rsatdi. Bu haqda jamg‘arma boshqaruvi raisi, Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Slutskiyning mukofot hay’atiga yo‘llagan maktubida aytiladi, deb xabar berdi TASS.
Murojaatnomada 2025 yil 31 mart kuni Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tgan uch davlat rahbarlarining birinchi sammitidagi tarixiy kelishuvlar - Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma hamda «Abadiy do‘stlik to‘g‘risida»gi Xo‘jand deklaratsiyasi imzolangani, ular barqarorlik va izchil taraqqiyot maqsadlarini ta’minlash, butun mintaqaning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.
«Rossiyskiy fond mira» Sadir Japarov, Imomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyevni ko‘p qutbli dunyo qurilishi hamda xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun L.N.Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatishni taklif etadi», deyiladi murojaatnomada.
Slutskiyning ta’kidlashicha, ushbu davlatlar rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli Yevroosiyo makonida xavfsizlik ta’minlanmoqda, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida vizasiz hudud yaratish va mintaqaning sayyohlik jozibadorligini oshirish g‘oyasi bo‘yicha muloqot davom etmoqda.
Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofoti uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfiga qarshi kurashishga qaratilgan faoliyatdagi alohida xizmatlari uchun; xalqaro huquq ustuvorligi asosida umumiy va teng xavfsizlikni ta’minlashga, qurollanish poygasini to‘xtatishga, ko‘p qutbli va zo‘ravonliksiz dunyo qurishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun beriladi.
2024 yilda birinchi mukofot Afrika Ittifoqiga berildi. Mukofotni uyushma nomidan Afrika Ittifoqi komissiyasi raisi Musa Faki Maxamat qabul qilib oldi.
Mavzuga oid

18:21
Putin va Uitkoff Ukraina inqirozi va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi

13:42
O‘zbekistonning barqarorlik va hamkorlikni ta’minlashdagi faol va konstruktiv pozitsiyasi e’tirof etilmoqda

13:06
Rossiyaga qarshi sanksiyalarga tayyor Tramp, «Hizbulloh»ni qurolsizlantirmoqchi bo‘lgan Livan va Eronda yopilayotgan davlat idoralari - kun dayjesti

12:04