Jahon | 13:53 / 06.08.2025
738
2 daqiqa o‘qiladi

So‘rov: Nemislarning aksariyati mudofaa xarajatlarini oshirish tarafdori

Forsa instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, nemislarning deyarli 70 foizi 2032 yilga borib mudofaa xarajatlarini ikki baravar oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Qolgan 30 foiz respondent bu qarorni noto‘g‘ri, deb hisoblaydi.

Foto: Alexander Koerner/Getty Images

Aksariyat nemislar (67 foiz) mudofaa xarajatlarini oshirishni mutlaqo to‘g‘ri deb atagan bo‘lsa, 30 foizi bunday rejalarni tanqid qilgan. Bular Forsa jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti tomonidan Redaktionsnetzwerk Deutschland (RND) media guruhi tomonidan e’lon qilingan so‘rov natijalari shundan darak beradi.

Sotsiologlar 28 va 29 iyul kunlari 1002 kishi o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Respondentlarga 2032 yilga borib mudofaa xarajatlari ikki baravar oshishini qo‘llab-quvvatlaysizmi, degan savol berildi. Xarajatlarni ko‘paytirishni qo‘llab-quvvatlaganlarning eng ko‘p qismi (92 foiz) konservativ partiyalarning hukmron bloki XDI/XSI tarafdorlaridir.

Muxolifatdagi "yashillar" partiyasini qo‘llab-quvvatlaganlarning 76 foizi mudofaa budjetini oshirish tarafdori. XDI/XSI bilan qora-qizil koalitsiyani tashkil etuvchi Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) tarafdorlari orasida esa 75 foizi g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi. Eng past darajadagi qo‘llab-quvvatlashni So‘l partiya (59 foiz) va o‘ng populist «Germaniya uchun muqobil» partiyasini afzal ko‘rgan nemislar ko‘rsatdi – 52 foiz.

Mavzuga oid