Jamiyat | 11:11 / 07.08.2025
7782
2 daqiqa o‘qiladi

M-39 yo‘lining ayrim uchastkalarida harakat tezligi 130 kmgacha oshirilishi mumkin

Joylarda xalqaro ahamiyatga ega yo‘llarning (M-39) ayrim uchastkalarida avtomobil transporti harakat tezligini 130 km.gacha oshirishga ruxsat berilishi mumkin.

Foto: Videodan kadr

Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Termiz-Boysun yo‘nalishida tezlik me’yorlari, yo‘l belgilar va infratuzilma to‘liq o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, yangi talablarga mos holga keltirish ishlari boshlandi.

Ishchi guruh a’zolari Surxondaryo viloyatidagi M-39 Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz avtomobil yo‘lining Termiz-Boysun yo‘nalishida harakatlanadigan avtotransport vositalarining harakatlanish tezligini soatiga 130 kilometr qilib belgilash bo‘yicha ko‘rikdan o‘tkazish, o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

Bunda, M-39 avtomobil yo‘lining 1315-1324 kilometri, Oqrabot aholi yashash punkti oralig‘ida soatiga 90 km, 1324-1326 kilometri oralig‘ida, Shifobuloq mahallasi - soatiga 70 km, 1337-1349 kilometri oralig‘ida soatiga 100 km, Sherobod tumani hududi, 1374-1400 kilometri oralig‘ida soatiga 130 km qilib belgilanishi, M-39 avtomobil yo‘lining 1321-1391 kilometrlari oralig‘ida xavfli burilishlarga jami uzunligi 7 km bo‘lgan birinchi guruh, uchinchi yo‘l beton to‘siqlar o‘rnatish, M-39 avtomobil yo‘lining mavjud o‘rnatilgan yo‘l belgilarining yaroqsiz holga kelib qolgan 475 tasini yangisiga almashtirish, 20 ta xavfli burilishga jami 1800 ta yo‘l belgisini o‘rnatish zarurligi aniqlandi.

Mutaxassislar tomonidan yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish, shundan so‘ng qayta ko‘rikdan o‘tkazilib, ko‘rsatilgan kilometrlar oralig‘ida tavsiya etilgan tezlik joriy etilishi maqsadga muvofiqligi ma’qullandi.

Mavzuga oid