Jamiyat | 14:19 / 07.08.2025
2217
1 daqiqa o‘qiladi

Nukus ko‘chasida 4 ta avtomashina ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida sodir etilgan YTH haqida ma’lumot berildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

2025 yilning 06 avgust kuni soat 16:40 larda Mirobod tumani, Nukus ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, "Kobalt" rusumli transport vositasi, "Malibu" rusumli transport vositasi, "Labo" rusumli transport vositasi va BYD rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid